Suriyada dahshatli portlash yuz berdi

Suriyada dahshatli portlash yuz berdi

 

 

 

 

Suriyaning SANA davlat agentligi xabariga ko‘ra, Suriyaning Xama viloyati sharqida terrorchilar tomonidan joylashtirilgan ikkita minaning portlashi natijasida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, portlash as-Salomiya shahri yaqinidagi Vadi al-Azib hududida sodir bo‘lgan.

Suriyadagi qurolli to‘qnashuv 2011 yildan beri davom etmoqda. 2017 yil oxirida Suriya va Iroqdagi terrorchilik guruhi ustidan erishilgan g‘alaba e’lon qilindi. Mamlakatlarning ayrim hududlarida jangarilarni tozalash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda siyosiy kelishuv, Suriyani tiklash, shuningdek, qochqinlarni qaytarish asosiy vazifa hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!