Superliga. «Dinamo» jarima to‘laydigan bo‘ldi

Superliga. «Dinamo» jarima to‘laydigan bo‘ldi

O‘tgan yilning dekabr oyida Akbar Ismatullayev bilan shartnoma imzolagan «Dinamo» oradan ikki oy o‘tib o‘z tanloviga zid ish tutdi va futbolchini musobaqa uchun ro‘yxatga kiritmagan.

«Mazkur holat transfer oynasi yopiladigan kunda amalga oshdi. Oqibatda futbolchi kamida yarim mavsum o‘yin amaliyotisiz qolishi mumkin edi. O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi Ismatullayevni himoya qilib, mazkur holatni tegishli qo‘mitada ko‘rib chiqish masalasida Assosiasiyadan yordam so‘radi.

Mazkur hafta ish Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitada ko‘rib chiqildi. «Dinamo» yuristi va vakillari mazkur masalani har qancha izohlashga urinsa ham, futbolchi o‘z huquqini himoya qilgan holda yozgan arizasiga o‘z vaqtida javob qaytarilmagani masalasiga izoh topa olmadi. Bu esa tabiiyki, klub rahbariyatining aybi hisoblanadi.

Buni his qilgan «Dinamo» qo‘mita yig‘ilishiga qadar Akbar Ismatullayev bilan muzokaraga kirishdi va unga yanvar, fevral va mart oylari uchun ish haqi, qo‘shimchasiga, yana ikki oylik qo‘shimcha ish haqi to‘lab berish yuzasidan kelishuvga erishdi. Mazkur holatni inobatga olgan qo‘mita «Dinamo» klubiga nisbatan yengillashtiruvchi jazo sifatida jarima intizom chorasini qo‘lladi. Klub kelgusida mehnat shartnomalari va reglamentlarga qat’iy rioya qilishi shartligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Dekabrda mehnat shartnomasi imzolab, uni fevral oyida bekor qilish klubda seleksiya va rejalashtirish kabi masalalarda muammolar borligini ko‘rsatdi», - deyiladi PFL xabarida.

O‘z navbatida Akbar Ismatullayevni «Bunyodkor» klubi safida ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi futbolchining xohishiga ko‘ra kun tartibidan chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!