Sportchi xotin-qizlar taqdirlandi

Sportchi xotin-qizlar taqdirlandi
Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan Chiroqchi tumanida Jismoniy va ruhiy barkamollik sari! shiori ostida sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbir ayollar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va zararli odatlardan asrash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ishtirokchi xotin-qizlar 7 yoshdan 45 yoshgacha hamda undan yuqori yosh toifalariga bo‘linib, marafon yugurish, kurash, voleybol, stol tennisi, arqon tortish kabi musobaqalarda bellashdi. Shuningdek shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil qilindi.
Bellashuvlarda kurash bo‘yicha faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rildim, dedi M.Saydullayeva. Eng asosiysi, bugungi tadbirning juda ko‘tarinki ruhda o‘tganidir. Ishonamanki, bunday bellashuvlarni doimo o‘tkazib borish har jihatdan ahamiyatli. Boisi ayollarni ham ommaviy sport turlariga jalb etish, sog‘lom avlodning shakllanishida muhim omil bo‘ladi.
Tadbir so‘ngida sog‘lomlashtirish aksiyasida yuqori o‘rinni egallagan va faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!