Sovchilik: «Qizning haqqida ehtiyot bo‘ling»

A A A
Sovchilik: «Qizning haqqida ehtiyot bo‘ling»

- - Sovchilikka farosatli, uquvli, tilini tishlabroq gapiradigan, ko‘ngli toza insonlar yurgani ma’qul, deb gap boshladi hamkasb qiz suhbat mavzu uning turmush qurishiga taqalganida. - - Uyga sovchilar kelishibdi. Yigit shifokor ekan. Ilmiy ish qilayotganmish. Tagli-zotli insonlarning farzandi ekan. Yoshlik qilibmi, bir paytlari bir tatar qizni sevib qolib unga uylanmoqchi bo‘lgan. Ota-onasi rozi bo‘lmaganiga qiz bilan turmush qurib yashagan. Turmushlari olti yilcha davom etgan. O‘rtalarida farzand bo‘lmagani uchun ajrashishgan. Yigitning ota-onasi: O‘g‘limizni orzu-havas, chimildiq, to‘y ko‘rmagan, yaxshi bir qizga uylantiraylik , deb qiz qidirishgan. Kimdir bizni ko‘rsatishgan. Yigitning o‘zi sovchilarini mashinasida olib keldi. Sovchilikka qo‘shni qishloqdan yigitning onasiga yaxshi tanish bo‘lgan, bir paytlari onam bilan birga ishlagan ayol ovsini bilan kelgan. Gap orasida yigitning turmushi buzilganini qistirib o‘tishgan ekan onam, qizi borning nozi bor qabilida: Avval uylangan ekan-da, qizimizni turmushi buzilgan erkakka uzatsak qandoq bo‘larkan deganlar. Bu gapga javoban sovchilikka kelgan befarosat ayol yuzingda ko‘zing bormi demay: Ha, endi opa, qizingiz ham yosh emas-ku! Qizingiz ham o‘ttizga kirib qo‘ygan-ku! Nimasiga turmushi buzilgan erkakka uzatmas ekansiz? , deydi. O‘ttizga kiradimi, ellikka kiradimi, ona uchun farzandi, qizi jonu jigaridan bunyod bo‘lgan bolasi-ku! Sovchilik qilishga aqli yetgan odam shunga farosati yetmabdimi? Onamning jahllari chiqib, g‘azab bilan yuzlariga fotiha tortib mehmonlarning oldidagi piyolalarni yig‘ishtirib:

- - Qani, tez chiqinglar uydan, juda joninglar achiyotgan bo‘lsa o‘zlaringni o‘n olti yashar qizlaringni beringlar o‘sha yigitga! - deb sovchilarni haydab yuboribdilar...

Sovchilik elimizning qadimiy udumlaridan. O‘g‘il uylash niyatida bo‘lganlar sovchilik asosida farzandlariga juft izlaydi. Sovchilarning asosiy vazifasi bir-biriga munosib yoshlarning boshini qovushtirish. Keksalar sovchilik qiladiganlar hayotiy tajribaga ega, ko‘pni ko‘rgan, oqilu dono va albatta, oilaviy hayotda baxtli bo‘lgan kishilar bo‘lishini ta’kidlaydi. Sovchilardan, ikki yoshning boshini qovushtirishga kirishgan kishilardan o‘ta ehtiyotkor, og‘zidan chiqayotgan har bir so‘zni o‘ylab qo‘llash, mahorat, nuktadonlik va puxtalik talab etiladi. Zotan ikki yoshning taqdiri, kelgusidagi hayoti sovchilarning borgan joyida o‘zini tutishi, gap-so‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Yurtimizning har go‘shasida sovchilik bilan bog‘liq o‘ziga xos urf-odatlar mavjud. Ko‘pgina hududlarda sovchilik ishlarini avval ayollar bitirib, erkaklar unashtiruv masalasiga borishadi.

Zamonaviy sovchilik

Boshqa urflarimiz kabi sovchilikni ham zamonaga moslashtirib oldik. Bir paytlari mahallaning obro‘-e’tiborli, ko‘pni ko‘rgan kayvonilari sovchilikka chiqardi. Sovchilikka borgan xonadonlaridagi uy tutumi, qiz tarbiyalayotgan ayolning raftoridan bu oila xaridor tomonga munosib yoki munosib emasligini darrov uqib olishgan. Davrimizga kelib esa rasm-rusumlar ham ancha sayqallandi . O‘g‘il uylantiradiganlar eng avval qizning ota-onasining moliyaviy ahvolini surishtirishga tushadi: Ota-onasi nima ish qilishar ekan? , Uy-joyi qanaqa ekan? , Sarpo-surug‘i qanday ekan? ... Kelin qilmoqchi bo‘lgan qizining mahallasiyu ko‘chasidan tortib, oshxonayu, hammomigacha chiroyli bo‘lishi kerak. Biror joydan ta’biga mos qizning daragi chiqsa, yigitning onasiga kelin bo‘lganiga uch-to‘rt yil bo‘lgan kelinoyisi yoki hali turmushga chiqmagan opa yo singlisi hamrohlik qiladi.

Qizimizga bir joydan sovchilar chiqdi, deydi tanish ayol. - Qizlik uy karvonsaroy, deydilar. Bosh ustiga ko‘rib kutib oldik. Birozdan keyin maqsadlarini ayon qilgach, jag‘i-jag‘iga tegmay qizimizning ma’lumoti, qo‘lidan keladigan-kelmaydigan yumushlarni so‘rayotgan ayol diqqatimni tortdi. Yigitning opasi bilan onasi sovchilikka kelgan ekan, sersavol ayol opa ekanlar. Uydagi hamma ro‘zg‘or anjomlariga oshkora razm solib chiqdi. Keyin bilsak, yigitning sovchilikka kelgan opasi turmushi bo‘lmagan, ikki bola bilan ota uyiga qaytgan ekan. Keyingi gal kelganlarida, Boshqa joylardan qiz qidira qolinglar deb kuzatib yubordim. Dadasi turmushni o‘yin bilib oilasini asrab qololmagan ayol, birovlarning boshini qovushtirib, baxtli bo‘lishiga qanday aralashadi? O‘z hayotini isloh qilolmagan ayoldan qanday sovchi chiqadi? deb rosa meni koyidilar. O‘g‘il uylantiradigan ota-onalar sovchilikka yuradigan ayollarning odob-axloqi, hayotdagi o‘rniga e’tibor bersalar bo‘lardi...

Qizning haqqida ehtiyot bo‘lish ahamiyatlidir. U nikoh bilan qul bo‘lib qoladi va undan xalos bo‘lolmaydi. (Ya’ni, o‘zi xohlaganini qilolmaydi, degan ma’noda) Er o‘zi xohlagan paytda taloq berishga qodir. Agar kishi musulmon bo‘laturib o‘z qizini zolimga yo fosiqqa yoki bid’atchiga yoinki aroqxo‘rga bersa, u o‘z diniga xiyonat qilibdi. Buning bilan Allohning g‘azabiga ro‘baro‘ bo‘ladi, oilada rahm-shafqatni uzib, qiziga yomonlikni tanlabdi (Imom G‘azzoliy)

Nasl-nasab hollari, nafaqa, meros va boshqa er-xotinlik hayotiga taalluqli bo‘lgan rohat-farog‘at o‘zaro hamjihatlik bilan turmush qurishning muhim va jiddiy ishlaridan hisoblanadi. Shuning uchun nikohdan oldin xitba sovchilik qilish zarurdirki, nikoh bog‘lashdan oldin er ayoli haqida va ayol eri haqida tanish-bilishlar, qo‘ni-qo‘shnilar orqali ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Xitba dan murod sovchilik, ya’ni qizni, uning ahlidan o‘z nikohiga so‘rashdir.

Chunki nikoh aniq ma’lumotlar asosida bo‘lsa, juftlar orasidagi hayot go‘zal bo‘ladi. Islom shariati, turmush qurish mavzusida jiddiy o‘ylashga, sovchilik qilishdan oldin fikr yuritishga undaydi. Ayol kishi ham oila a’zolarini bexabar qoldirib, o‘zi erga tegib olishi to‘g‘ri emas. Islom ayolning xitbasini, javobgarligini ahli oilasiga topshirdi. G‘arb qizlariga o‘xshab o‘zi xohlaganiga tegib ketaverishi mumkin emas. Ota va oila ahllari, qizlari uchun yaxshi xulqli, taqvodor kuyov qidirishlari shart. Uning boyligi va molini ko‘zlashlari kerak emas. Agar sovchi qo‘yuvchi xulqi yaxshi, taqvoli, sharafli, muruvvatli, ilmli va ko‘rkam bo‘lsa, qanday yaxshi. Bu yigit turmush qurish ne’matiga va qiz unga hadya qilinishiga arziydi. Ular turmush qursa, yaxshilik bilan quradi va agar ba’zi ishlarini yoqtirmay qolsa, unga chiroyli muomalada bo‘laveradi. Shariatimizning go‘zal taraflaridan biri, kuyov uylanadigan ayolini ko‘rib turmush qurishga chaqirganligidir. Bu narsa, ular orasida ulfat, yaqinlik va muhabbat davomiyligini ta’minlaydi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining chiroyi nikoh to‘yidan avval kuyovga ma’lum bo‘lishi kerak. Buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurganlar. Shunda, yigit ham, qiz ham nikohga ko‘ngli xotirjam boradi. Yigit to‘ydan oldin qizni ko‘rgan va uning ko‘rinishi xotirasida qolgan bo‘ladi, qiz nikoh kuni ko‘rib ajablanmaydi. O‘rtada har xil qiyinchilik va mushkulotlar boshlanmaydi. Xuddi shunday qiz ham kuyovini ko‘rishi va unga nisbatan nuqtai nazarni belgilab olishi kerak. Ayrim yigitlar tabiatan xunuk bo‘lishi natijasida qizning qalbida unga nisbatan muhabbat bo‘lmay qoladi. Chunki qiz yigitga yoqmay qolishi mumkin bo‘lganidek, yigit ham qizga yoqmay qolishi mumkin.

Sovchilik faqat yigit tomonga emas

Qiz bola kishining nomusi va sharafi, uni muhofaza qilish va saqlash lozim. Inson moliga qanchalik sergak posbon bo‘lsa, qizining sharafi, izzatiga molidan ko‘ra sergakroq bo‘lishi kerak. Oqil odam qizini o‘ziga munosib, nomusini saqlaydigan, u bilan qarindoshlari qanoatlanadigan va qizini baxtli qila oladigan erga nikohlaydi. Ammo ba’zi insonlar qizini kelinlikka taklif qilishni qiz tarafning sha’niga to‘g‘ri kelmaydi deb, hisoblashadi. Biroq bu nuqtai nazar salafi solihlarning odatlariga ziddir. Chunki bu manmanlik va johiliyatning bir ko‘rinishi. Munosib juft va boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan yigitni qidirish, qizni o‘zi xohlagan yigit bilan turmush qurishga qo‘yib berishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Oilaga nomunosib bo‘lgan er qizning ahliga or va isnod keltirishi mumkin. Keyingi paytlarda Falonchi, pismadonchining o‘g‘liga qizini tiqishtiribdi , Pismadonchi, falonchi yigitga qiziga uylanishni sha’ma qilibdi degan gaplarni eshityapmiz. Bizningcha, bunday narsalarga hayratlanish va qizining baxtini o‘ylaganlarni uyat qilishdan ma’no yo‘q. O‘g‘il farzand bo‘lsa, qiz ham farzand. Shoshma-shosharlikni qoralaydigan dinimiz ham qiz bolani tezroq uzatib, tengi bilan qovushtirishga da’vat etadi. Qiziga qanday yigit munosibligini ota-ona yaxshi biladi. Qanchadan qancha yaxshi qizlar hech kimning nazariga tushmay, baxti ochilmay yuribdi. Shu bilan birga, qancha qizlar o‘ziga nomunosib oilaga kelin bo‘lib, hayoti tekis kechmayapti. Oilaviy baxt hammaga birdek zarur, nega endi o‘g‘il farzandga yaxshi juft izlash keragu, qiz bolaga sovchi kutib yotish yoki duch kelgan odamga uzatib yuborish kerak ekan? O‘g‘ildir, qizdir farzandini uyli-joyli qilish ota-onaning bo‘ynidagi qarz. Shuning uchun ham qiziga solih kuyov qidirayotganlarning ishi xato emas.

Mulohazadan muddao

Turmush qurishdan oldin umr yo‘ldoshini tanlashga alohida e’tibor berish shart. Bu borada ikki yoshni qovushtirish vazifasini olgan sovchilarning ham mas’uliyati katta. O‘zaro hurmat, muhabbat, ishonch va samimiyat bilangina oilaning poydevori mustahkamlanadi. Oila qurayotgan ikki inson bir-biriga har tomonlama munosib bo‘lsagina, oila qurishdan ko‘zlangan soflik, baxt-saodat va xotirjamlikka erishish eshigi ochiladi. Umr yo‘ldoshini tanlashda esa, uning sifatlari ichida ahli solihlik, odob-axloq va ilmlilik, ma’naviyatga birinchi o‘rinda e’tibor berilishi kerak. Chunki nikoh va oila qurish umr savdosi. Ma’naviy olam, fasohat va nazokat umr o‘tishi bilan quvvatlanib boradi. Odob-axloq, ahli solihlik ham yillar davomida sayqallanib, ziyodalashaveradi. Albatta, ikki yoshning bunday sifatlarini to‘ydan avval kattalarga obi-tobida yetkazuvchi shaxslar sovchilar bo‘ladi. Xayrli amal sari tugunini ko‘tarib otlangan sovchijonlar ana shu haqiqatlarni unutmasalar, bo‘lgani...

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Tramp Si Szinpinning Eron bo‘yicha taklifi haqida gapirdi

Трампнинг айтишича, Си Цзиньпин: «Агар ёрдам бериш учун қўлимдан келган иш бўлса, ёрдам беришни истайман», деган.

Xitoy rahbari Tramp bilan uchrashuv natijalarini e’lon qildi

ХХР раҳбари Си Цзиньпин Хитой ва АҚШ савдо-иқтисодий муносабатларда барқарорликни сақлаб қолишга келишиб олганини маълум қилди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.