“Snikersni to‘xtatma!”: Tverda 160 dona shokolad o‘g‘irlagan o‘zbekistonlikka jazo tayinlandi

“Snikersni to‘xtatma!”: Tverda 160 dona shokolad o‘g‘irlagan o‘zbekistonlikka jazo tayinlandi

O‘zbekiston fuqarosi gipermarketdan shokolad va IQOS chekish moslamasini o‘g‘irladi. Bu haqda Tver shahar Proletar tuman sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kodirjon Jumaboyev o‘tgan yilning noyabr oyida Tver shahridagi Karusul savdo markazi omborxonasidan 30 dona IQOS 2.4 chekish moslamasi va 160 dona Snikers shokoladini o‘g‘irlagan.

Uning gipermarketga yetkazgan moddiy zarari 135 ming 491 rubl miqdorda baholangan.

Jinoyatchi o‘z aybini to‘liq tan olgan. U moddiy ahvoli yaxshi emasligi uchun bu jinoyatga qo‘l urganini ma’lum qilgan.

Sud hukm chiqarishda aybini tan olgani va jazoni yengillashtiruvchi holatlar - uning to‘rt nafar farzandi borligini e’tiborga oldi. Shuning uchun unga 9 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilandi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan va hukm ustidan shikoyat keltirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!