Siyosiy iroda: Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishini e’lon qildi

Siyosiy iroda: Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishini e’lon qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xalqiga o‘z iste’fosi to‘g‘risida e’lon qildi. Murojaat 19 mart, seshanba kuni televideniye orqali translyasiya qilingan.

Men prezident sifatidagi vakolatlarimni tugatishga qaror qildim , - dedi davlat rahbari. U, shuningdek, respublikaning xavfsizlik Kengashi raisi sifatida vakolatini saqlab qoladi va Nur Otan partiyasini boshqarishda davom etadi.

Qozog‘iston konstitusiyasiga ko‘ra, prezidentning vakolatini muddatidan avval tugatishi, chetlatilishi yoki vafot etishi munosabati bilan davlatni boshqarish vakolati vaqtincha parlament senati raisining qo‘liga o‘tadi. ayni damda mamlakatda bu mansabni Qosim Jomart Tokayev egallagan.

Qozog‘istonda so‘nggi prezidentlik saylovlari 2015 yilda tashkil etilgan edi. O‘shanda Nazarboyev 97,75 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Mamlakatda keyingi saylovlar 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Iyul oyida Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 79 yoshni qarshilaydi. U 1990 yildan buyon Qozog‘istonning prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!