“Siyosat hech qachon bunchalik qiziqarli bo‘lmagan”

“Siyosat hech qachon bunchalik qiziqarli bo‘lmagan”

Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabatlar

AQSh Prezidenti Jo Bayden 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgandi. Bayden Demokratik partiyadan vise-prezident Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif etgan.

Quyida AQSh prezidentining ushbu qaroriga ko‘plab taniqli siyosatchilarning munosabatini e’tiboringizga havola etamiz.

Donald Tramp, AQSh prezidentligiga nomzod:

- Jo Bayden prezidentlikka nomzod bo‘lishga arzimas edi va u bu lavozimga mos kelmadi. Uning atrofidagilar, ayniqsa, Baydenning shifokori va ommaviy axborot vositalari xodimlari ancha keksayib qolgan davlat rahbarining yana prezident bo‘lishga qodir emasligini juda yaxshi bilishgan. Endi u AQSh uchun nimalar qilganini ko‘ring. Millionlab migrantlar chegaramizni noqonuniy kesib o‘tmoqda. Qamoqlarda rekord darajada terrorchilar ko‘paygan. Qo‘shma Shtatlar obro‘si uning davrida quyi pog‘onaga tushib ketdi hisob, lekin endi biz u yetkazgan zararni tezda qoplaymiz. Amerikani yana buyuk qilamiz!

Kamala Harris, AQSh vise-prezidenti:

- Prezidentning qo‘llab-quvvatlovi men uchun sharaf va men saylovlarda bor kuchimni ishga solib, g‘alaba qilishga harakat qilaman. Saylov kuniga 107 kun qoldi. Biz birgalikda kurashamiz va birgalikda g‘alaba qozonamiz. Men Donald Trampni mag‘lub etish uchun Demokratik partiya va millatimizni birlashtirish yo‘lida qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Mayk Jonson, vakillar palatasi spikeri:

- Amerika tarixining misli ko‘rilmagan lahzasida biz voqealarni real anglashimiz kerak. Demokratik partiya saylovgacha atigi 100 kun qolganda o‘z nomzodini olib tashladi. Bu partiya prezidentlikka nomzod sifatida tanlagan 14 milliondan ortiq amerikaliklarning ovozlarini bekor qilib, “demokratiya partiyasi”ning aksini isbotladi. Agar Jo Bayden prezidentlikka nomzod bo‘la olmasa, darhol iste’fo berishi lozim.

Gevin Nyusom, Kaliforniya gubernatori:

- Bayden mehnatkash aholi uchun qattiq kurashgan va barcha amerikaliklar uchun ajoyib natijalarga erishgan rahbar. U tarixda eng nufuzli va fidoyi prezidentlardan biri sifatida qoladi.

Dmitriy Peskov, Kreml matbuot kotibi:

- Saylovgacha hali to‘rt oy vaqt bor va bu fursat ko‘p narsa o‘zgarishi uchun yetarli. Biz endi sabr-toqatli bo‘lishimiz va oldinda nimalar bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishimiz kerak.

Donald Tusk, Polsha bosh vaziri:

- Janob Prezident, siz butun dunyoni xavfsizroq qilish, demokratiya va erkinlikni kuchaytirish yo‘lida ko‘plab qiyin qarorlarni qabul qildingiz. Bilaman, siz ushbu so‘nggi qarorni e’lon qilishda ham xuddi shunday yo‘l tutgansiz. Ehtimol, bu hayotingizdagi eng qiyin qarordir bo‘lgandir.

Hillari Klinton, AQShning sobiq davlat kotibi:

- Prezident “yonida turish” va vise-prezident Harrisni qo‘llab-quvvatlash biz uchun sharafdir. Biz uni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Barak Obama, AQShning sobiq prezidenti:

- Jo Bayden Amerikaning eng nufuzli prezidentlaridan biri, shuningdek, u mening aziz do‘stim ham edi. Bugun u bizga yana bir bor vatanparvar ekanligini eslatdi.

Vladimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti:

- So‘nggi yillarda Bayden tomonidan esda qoladigan ko‘plab qarorlar qabul qilindi va biz uning bugungi qiyin, ammo kuchli qarorini hurmat qilamiz. U Ukrainani tarixdagi eng dramatik daqiqalarda qo‘llab-quvvatladi va qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Edgars Rinkevichc, Latviya prezidenti:

- Siyosat hech qachon bunchalik qiziqarli bo‘lmagan.

Olaf Shols, Germaniya kansleri:

- Do‘stim Jo Bayden o‘z mamlakati, Yevropa va butun dunyo uchun ko‘p narsaga erishdi. Uning yordami bilan transatlantik hamkorlik yanada kuchaydi, NATO yanada qudratli bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!