Sirli va noma’lum: AQShda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

Sirli va noma’lum: AQShda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

Kaliforniyada koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi, unga CAL20C nomi berildi, deb xabar beradi The New York Times 19 yanvar, seshanba kuni. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi varianti iyul oyida paydo bo‘lgan, ammo noyabrgacha nisbatan kam uchragan va keyinchalik tez tarqalishni boshlagan.

Yangi tadqiqotga ko‘ra, aynan CAL20C mutasiyasi 13 yanvar kuni Los-Anjelesdagi laboratoriyalarda to‘plangan virusli genom namunalarining yarmidan ko‘pida aniqlangan. Olimlar ushbu variantni koronavirusning "inglizcha" variantini o‘rganayotganda topdilar. "Bu virus bizga Yevropadan kelmagan. Bu mutasiya shu yerda paydo bo‘lgan va ta’til paytida tez tarqaldi", deydi Los Anjeles tibbiyot markazlaridan birining yordamchi tadqiqotchisi Jasmin Palmer.

Hozircha CAL20Cning koronavirusning boshqa variantlaridan ko‘ra xavfliroq ekanligi to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q. Bundan tashqari, olimlar uning boshqa koronavirus mutasiyalariga qaraganda tezroq tarqalishini aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazishlari kerak. Biroq, ba’zi amerikalik mutaxassislar, CAL20Cning Janubiy Kaliforniyada kasallanish sonining ko‘payishida katta rol o‘ynashi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!