Sirdaryodagi avtofalokat natijasida 2 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlandi

Sirdaryodagi avtofalokat  natijasida 2 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlandi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 11 avgust kuni Jizzax shahar «O‘ratepa» MFYda yashagan I.E. o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasini «Otayurt» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 937-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan V.I. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Cobalt avtomashinasi haydovchisi, I.E. jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan. Uning 3 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan ammo, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ulardan biri Jizzax shahrida yashagan SH.M. vafot etgan.

Manba: 7news.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!