Sirdaryoda sinovdan o‘tkazilgan tibbiy sug‘urta tizimi boshqa hududlarda ham joriy etiladi

A A A
Sirdaryoda sinovdan o‘tkazilgan tibbiy sug‘urta tizimi boshqa hududlarda ham joriy etiladi

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasiga ko‘ra:

2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.

Sirdaryo viloyatida tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment natijalarini inobatga olgan holda, bu tizim bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etiladi.

Bunda, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish yaxshilanishi hisobiga aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshishi aytilmoqda.

Shuningdek, 2023 yil yakuniga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ambulator va stasionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya choralari bilan qamrab olish ko‘lami 2 barobar oshirilib, 30 ming nafarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi loyihasi jami 309 ta banddan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!