Sirdaryoda «pomidor virusi» tarqaldi

Sirdaryoda «pomidor virusi» tarqaldi

Viloyatdagi mavjud issiqxona xo‘jaliklarida bugungi kunda 10 turga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib ichki bozorga hamda chetga eksport qilib kelinmoqda. Mahsulotlarning fitosanitar holati esa doimiy ravishda Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasining agronom ispektorlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

O‘tkazilgan navbatdagi ana shunday tadbirlardan biri davomida Yangiyer shahridagi “Eko grand FRUITS» mas’ulyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxona xo‘jaligida pomidorning virusli bujmayishi kasalligi aniqlandi va 2,5 gektar maydondagi zararli organizm yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Xo‘sh, bu qanday kasallik degan savol tug‘ilishi mumkin.

Bu virusli kasallik birinchi marta 2015 yilda Iordaniya va Isroilda qayd etilgan. Pomidor va qalampirga asosan zarar yetkazadi. Virus Tobamovirus turiga mansub, juda tez tarqalish xususiyatiga ega. Virus o‘simlik barglarida mozaikalarni hosil qiladi, barglar o‘z holatini o‘zgartiradi, mevalarda jigarrang, ajinli dog‘lar, mevalar rangsizlanadi, barglar deformasiyalanadi. Pomidorning sifati buziladi. Buning oqibatida hosilni chetgan eksport qilish imkoniyati yo‘qoladi, - deydi Sirdaryo viloyati O‘simliklar Karantini hududiy inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Ruslan Mo‘minov. 

Ayni kunda esa Yangiyer shahridagi “Eko grand FRUITS» mas’ulyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxona xo‘jaligi Sirdaryo viloyati O‘simliklar Karantini hududiy  inspeksiyasiga karantin joriy etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!