Sirdaryoda Milliy gvardiyaga ishga kirish uchun 1500 AQSh dollari talab qilindi

Sirdaryoda Milliy gvardiyaga ishga kirish uchun 1500 AQSh dollari talab qilindi

Firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritish jinoyat sanalib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida uni sodir etganlarga tegishli jazo belgilangan.

Firibgar shaxslar o‘z manfaatlarini o‘ylab, boshi berk ko‘chaga kirib qoladilar. Afsuski, keyingi pushaymon o‘zingga dushman, deganlaridek, jinoyatga yarasha jazo qo‘llanilganidan so‘ng afsus-nadomat chekadilar. Hayotda bunday kimsalar ko‘plab topiladi.

Fuqaro S.E. firibgarlik, ya’ni ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro U.J.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston Respublkasi Milliy gvardiyasi tizimiga kiritib qo‘yish evaziga undan 1500 AQSh dollari talab qiladi.

Ko‘r-ko‘rni qorong‘ida topibdi qabilida ish tutgan S.E.so‘ralgan pulning 500 AQSh dollarini Guliston shahrining «Yangi bozor» hududidagi avtoturargohda olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.

Hozirda S.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘za kunda emas, kunida sinadi deganlaridek, bunday qabih qora ishlar bilan shug‘ullanib yurgan kimsalar bir kuni albatta, qonun oldida javob beradilar. Firibgarga tegishli jazo belgilani muqarrar. Chunki bizning mamlakatimizda  qonun hamma uchun barobarligini aslo unutmaylik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!