Sirdaryoda bir oilaga zo‘rlik ishlatgan bosqinchilar qo‘lga olindi

Sirdaryoda bir oilaga zo‘rlik ishlatgan bosqinchilar qo‘lga olindi

2017 yil 23 iyul kuni bir nechta noma’lum shaxs Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi A.X.ning uyiga bostirib kirib, uning turmush o‘rtog‘i S.A. va 13 yoshli qizi YA.M.larning og‘iz va qo‘llarini bog‘lab, 350 mln. so‘m pullarni polietilen sumkalarga joylab ketayotganlarida, ushbu uyga yaqin joyda tarvuz sotayotgan A.X.ning akasi U.X. noma’lum shaxslarni ko‘rib qoladi. U.X. ularni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, uni urib, tan jarohat yetkazib, 35 504 000 so‘m pul bo‘lgan sumkani tashlab, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni avvalgi sodir etgan jinoyati uchun ushlangan, vaqtincha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi S.J. bilan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.J. bosqinchilik jinoyatini jinoiy sheriklari J.A., J.E., SH.S. hamda A.I.lar bilan birga sodir etganliklari aniqlandi va ular ushlandilar. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!