Silvio Berluskoni Milanda kasalxonaga yotqizildi

Silvio Berluskoni Milanda kasalxonaga yotqizildi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Milanda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 85 yoshli siyosatchi odatdagidek ko‘rikdan o‘tgani uchun San-Raffaele kasalxonasiga yotqizilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil sentyabrida Berluskonida yurak bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!