Shifokorlar o‘z tanasida koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rishmoqchi

Shifokorlar o‘z tanasida koronavirusga qarshi vaksinani sinab ko‘rishmoqchi

20 iyul kuni Braziliya koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini sinab ko‘rishni boshlaydi, deya xabar berdi San-Paulu shtati ma’muriyati.

«Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish milliy agentligi koronavirusga qarshi vaksinalar xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun klinik tajribalarning uchinchi bosqichini boshlashga ruxsat berdi», — deyiladi xabarda.

Gap Pekin biofarmasevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalar haqida bormoqda.

Tadqiqot uchun oltita shtatda koronavirusni yuqtirganlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlari orasidan 9 mingta ko‘ngilli saralab olinadi.

Ayni vaqtda Braziliya Britaniyaning Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani sinovdan o‘tkazyapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lsa, ulardan 532 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!