SHHTga yangi bosh kotib tayinlandi

SHHTga yangi bosh kotib tayinlandi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi. Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev SHHT bosh kotibi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror SHHTning Ostonadagi sammitida qabul qilindi.

Nurlan Yermekbayev 2022 yil 1 yanvardan beri SHHT bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Xitoy vakili Chjan Min o‘rnini egallaydi. U 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab 2027 yilgacha tashkilotni rotasiya asosida boshqaradi.

Bungacha Yermekbayev SHHT bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan

Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada SHHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda SHHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etmoqda. Tadbir “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!