Shaxmat. «Qatar Masters open 2023»da o‘zbekistonlik 3 sportchi g‘oliblikka da’vogar

Shaxmat. «Qatar Masters open 2023»da o‘zbekistonlik 3 sportchi g‘oliblikka da’vogar

Ayni kunlarda Qatarda shaxmat bo‘yicha "Qatar Masters open 2023" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda kecha 8-tur o‘yinlari o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 160 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondan 14 nafar sportchi bahslarda ishtirok etmoqda.

8-turdan keyin jadvalning yuqori qismi quyidagi ko‘rinishda:

1. Arjun Erigaisi (Hindiston) — 6,5
2. Narayanan (Hindiston) — 6,0
3. Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — 6,0
4. Xikaru Nakamura (AQSh) — 6,0
5. Murali Kartikeyan (Hindiston) — 6,0
6. Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston) — 6,0
7. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 6
8. David Paravyan (Rossiya) — 5,5
9. Parham Maqsudlu (Eron) — 5,5
10.Anish Giri (Niderlandiya) — 5,5
11. Aleksandr Shimanov (Rossiya) — 5,5
12. Salim Solih (BAA) — 5,5
13. Magnus Karlsen (Norvegiya) — 5,5
14. Domaradju Gukesh (Hindiston) — 5,5.

Ko‘rib turganingizdek, hindistonlik Arjun Erigaisi 6,5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 6 nafar shaxmatchi hisobida 6,0 ochkodan bor. 6 ochkolik sportchilar orasida 3 nafar vatandoshimiz bor. Ular g‘oliblik uchun imkoniyatni saqlab turishibdi.

Ayniqsa, Nodirbek Abdusattorov so‘nggi turda peshqadam Arjun bilan oq donalarda o‘ynaydi. Nodirbek Yoqubboyev esa hindistonlik Murali Kartikeyanga qarshi oq donalarda harakat qiladi. Javohir Sindarovni esa niderlandiyalik groysmester Anish Giriga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi.

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

9-tur juftliklari:

1. Abximanyu Puranik - Magnus Karlsen
2. Narayanan - Xikaru Nakamura
3. Nodirbek Abdusattorov - Arjun Erigaisi
4. Nodirbek Yoqubboyev - Murali Kartikeyan
5. Anish Giri - Javohir Sindarov
6. Gupta - Gukesh
7. Parham Maqsudlu - Temur Qo‘yboqarov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!