Shavkat Mirziyoyevga she’r o‘qib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevga she’r o‘qib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlari forumida hududlardagi iste’dodli yoshlarga so‘z berib, ularning taklif va fikrlarini tinglagan edi. 

Xususan, uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi, «Mard o‘g‘lon» mukofoti sovrindori Sayfiddin Okanov ham ushbu uchrashuvda o‘z taklifi bildirgan, o‘zi yozgan she’rini o‘qib bergan edi. Shundan so‘ng Prezident: «Bunday satrlarni yozish uchun vatanni sevish kerak», deya O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyidga  Jizzaxga borib ma’lumot olib kelishini, bunday qalami bor yoshlarimiz davlatga juda kerakligini aytgan edi.

"Xalq so‘zi onlayn"ning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash va viloyat ijodkorlari bilan uchrashish maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda uyushma a’zoligiga qabul qilingan 12 nafar jizzaxlik ijodkorga guvohnomalar topshirildi. Ular orasida Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limining «Sangzor mavjlari» to‘garagi rahbari Sayfiddin Okanov, Zomin tumanidagi «Zomin bulbullari» to‘garagi rahbari Abdug‘affor Shodmonqulov, Sharof Rashidov tumanidagi «Iste’dod g‘unchalari» to‘garagi rahbari Abduxalil Sattorov ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!