Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman..."

Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman..."

Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida prezident o‘z nutqini yakunlar ekan shunday dedi:

"Men siz, azizlarni, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni ana shunday ulug‘ va sharafli safda – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida ko‘rib turganimdan baxtiyorman.

Oradan hali qancha yillar, asrlar o‘tadi. Yurtimizda yangi-yangi avlodlar dunyoga keladi. Milliy davlatchiligimizni tiklab, bizga taraqqiyot va farovonlikka erishish yo‘lida mana shunday beqiyos imkoniyatlarni yaratib bergan istiqlolimiz jonajon Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin, o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi.

Fursatdan foydalanib, siz qadrdonlarimni, mo‘’tabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu shijoatli yoshlarimizni, butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mana shu muborak ayyomda barcha yutuqlarimizning bunyodkori bo‘lgan mehnatkash, mard va saxovatli, bag‘rikeng va olijanob xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman.

Barchamizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan ona xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson ezgu maqsadlariga yetsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

E’tiboringiz uchun rahmat"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!