Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

7 oktyabr, chorshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti koronavirusga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan amaliy yordam, jumladan, Rossiyadan vrach va mutaxassislarning katta guruhi yurtimizga jo‘natilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyatni muhokama qildilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1952 yil 7 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda tavallud topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!