Shavkat Mirziyoyev raisligida yana bir muhim yig‘ilish o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida yana bir muhim  yig‘ilish o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

❗️ Pandemiya oqibatida 11 mingta sanoat korxonasining daromadi tiklangani yo‘q. Ularning asosiy qismi to‘qimachilik, oziq-ovqat, mebelsozlik, metall buyumlar, qurilish materiallari korxonalaridir.

✅ Shu bois, to‘liq quvvatda ishlamayotgan korxonalarni jonlantirish, ularga borib, xomashyosi, aylanma mablag‘i, mahsulot bozori bilan bog‘liq masalalarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔹 Iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, barcha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!