Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi

Bugun, 25 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotib xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika ob’ektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga oxirgi marta 2023 yilning fevralida borgan edi. O‘shanda davlat rahbari Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishgan, Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!