Shavkat Mirziyoyev: «Brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi»

Shavkat Mirziyoyev: «Brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi»

Bugun davlatimiz rahbari raisligida intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan (https://president.uz/uz/lists/view/3887) yig‘ilishda mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.

❗️Masalan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish mumkin.

Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

🇺🇿 «Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O‘zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi», deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

🚫 Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro‘yxatdan o‘tkazib olgani sababli xorijiy investisiya kelishiga to‘siq bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!