Sergeli tumani hokimi Kuvayt kompaniyasi rahbariga qanday investisiyaviy loyihalarni taklif qildi?

Sergeli tumani hokimi Kuvayt kompaniyasi rahbariga qanday investisiyaviy loyihalarni taklif qildi?

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonga biznes-missiyasi uyushtirilgan Kuvaytning "Rawasi Kuwait Holding Co." investisiyaviy kompaniyasi direktori Jasim al-G‘onim Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Poytaxt tumani hokimi Kuvayt vakiliga O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan ishbilarmonlik muhiti, mamlakatimizdagi bozor tendensiyalari va taklif etilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Xorijiy investorga Toshkent shahrida farmasevtika bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Sergeli tumanida "Sergeli Mall" savdo majmuasini qurish loyihasiga investisiya kiritish taklifi bildirildi.

Jasim al-G‘onim qishloq xo‘jaligi, logistika va infratuzilma sohalariga investisiya kiritishga qiziqish bildirdi.

Muzokaralar natijasida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va unga investisiyalar kiritish bo‘yicha takliflarni 13-14 may kunlari Al-Kuvayt shahrida o‘tkaziladigan "O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumi doirasida batafsil muhokama qilish to‘g‘risida kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!