Sayyohlar uchun eng yaxshi shahar aniqlandi

Sayyohlar uchun eng yaxshi shahar aniqlandi

Moskva ikkinchi yil ketma-ket eng yaxshi sayohat yo‘nalishi g‘olibiga aylandi. Shahar “World Travel Awards” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi.

Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin "VKontakte"da ma’lum qildi.

"Do‘stlar, Moskva “Shahar” turkumidagi “Eng yaxshi sayohat yo‘nalishi” nominasiyasida ikkinchi yil ketma-ket asosiy “World Travel Awards”  mukofotini qo‘lga kiritdi", deb yozgan Sobyanin.

Ta’kidlanishicha, Moskva Sankt-Peterburg, London, Nyu-York, Parij, Rio-de-Janeyro va boshqa shaharlarni ortda qoldirgan.

"Dunyoning yetakchi madaniy yo‘nalishi-2020" nominasiyasida Sankt-Peterburg birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa,  Qrimning “Mriya Resort & Spa” mehmonxonasi «The World`s Leading Leisure Resort 2020» nominasiyasida g‘olib bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!