Saudiyada xorijlik futbolchilar limiti oshirilishi mumkin

Saudiyada xorijlik futbolchilar limiti oshirilishi mumkin

Saudiya Arabistoni chempionati xorijlik futbolchilarga qo‘yilgan cheklovni yumshatishi mumkin.

The Telegraph xabariga ko‘ra, Saudiya ligasi kelasi mavsumdan boshlab qaydnomada ruxsat etilgan xorijlik futbolchilar sonini 10 nafarga oshirish masalasini ko‘rib chiqadi. Ushbu chora transfer bozorida moslashuvchanlikni ta’minlash, shuningdek, chempionatning xorijlik futbolchilar uchun jozibadorligini oshirish va Saudiya Arabistonining futboldagi mavqeini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Hozirda Saudiya klublari bir mavsumda qaydnomaga ko‘pi bilan 8 nafar milliy bo‘lmagan o‘yinchini kiritishi mumkin. Joriy mavsumda chempionatning barcha 18 jamoasi kvotani to‘ldirdi – ta’kidlanishicha, xorijlik futbolchilarning kelishiga, xususan, Krishtianu Ronaldu (“An-Nasr”) va Neymar (“Al-Hilol”)ning Saudiya ligasiga o‘tishi yordam bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!