Sardoba fojiasi: hozirgacha qancha xonadon tozalandi?

Sardoba fojiasi: hozirgacha qancha xonadon tozalandi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov "Sardoba" suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bayonot berdi:

— hozirgi kunga qadar 5171 ta xonadonda tozalash ishlari olib borildi;

— toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda yong‘in xavfsizligi profilatikasi tadbirlari puxta yo‘lga qo‘yildi;

— hasharchilar yashaydigan 13 ta yotoq joyning sanitar-epidemiologik holati o‘rganildi;

— 1773 ta uyda ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda;

— 2640 xonadonga ega 66 ta ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilmoqda;

— talofat ko‘rgan 478 ta turar joy va 161 022 km. maydon dezinfeksiya qilindi;

— shuningdek, 475 ta ijtimoiy ob’ekt dezinfeksiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!