"Sardoba" falokati: Qozog‘istonda nechta aholi xonadoni buzildi?

"Sardoba" falokati: Qozog‘istonda nechta aholi xonadoni buzildi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda «Sardoba» talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

— Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aniqlangan 7481 ta kamchilikdan 5101 tasi joyida hal etilgan.

— Ta’mirlash-tiklash ishlari boshlangandan buyon 3 179 ta qabr qayta tiklangan.

— “Qo‘rg‘ontepa” hamda “Navbahor” qabristonlariga olib boruvchi 523 metr yo‘lning 89 metr qismini tiklash maqsadida, 2120 m.kub shag‘al ishlari bajarilgan.

— Suv toshqinidan zarar yetgan Qozog‘iston Respublikasining Maktaaral tumani “Argibas” va “Firdousi” hududlarida 28 ta aholi xonadoni buzilib, tozalash ishlari amalga oshirildi.

— Ushbu hududlardagi kanal, kollektor va zovurlarning qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun temir yo‘l orqali 808 ta vagonda 44 315 m.kub shag‘al-qum aralashmalari yetkazib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!