Saratonning yettita asosiy belgilari ma’lum qilindi

Saratonning yettita asosiy belgilari ma’lum qilindi

Cancer Research UK tashkiloti mutaxassislari saraton kasallikligining yettita asosiy belgilarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Daily Express nashri xabar qildi.

Kasallik alomatlarini pisand qilmaslik - umr ko‘rish imkoniyatlarini jiddiy ravishda qisqartirishi mumkin. O‘simta saratonning keng tarqalgan belgisi, lekin undan tashqari o‘z vaqtida diqqat qilinishi muhim bo‘lgan yana yettita asosiy belgilar bor , - deyiladi maqola matnida.

Saraton kasalliklarining har bir turi bo‘yicha alohida belgilar bo‘lishiga qaramasdan, shifokorlar barchasiga taalluqli asosiy alomatlarni keltirib o‘tishadi.

Qayd etilishicha, hech bir sababsiz ancha vazn yo‘qotish organizmda saraton xastaligi rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Biroq tananing vaqti-vaqti bilan vazn yo‘qotib turishi normal holat sanaladi.

Yana bir xavotirli alomatlardan biri - qo‘qqisdan yuzaga keluvchi og‘riqlar. Agar shu kabi holat sizni bezovta qilsa, darhol shifokorga murojaat qiling , - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mutaxassislar qorin dam bo‘lishi va jig‘ildon qaynashiga ham e’tiborsiz bo‘lmaslikni so‘rashgan. Ko‘pincha bu ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilishda yuzaga keladi. Ammo shu kabi holatlar muntazam kuzatilsa, tanadagi xastalikdan darak berishi mumkin.

Bundan tashqari, ekspertlar ovqat hazm qilishdagi buzilishlar, peshob va axlatda qon bo‘lishi bilanoq, shifokorga uchrashni paysalga solmaslikni tavsiya qilishdi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!