Sankt-Peterburgda migrantlar emlanadigan punktlar ko‘paytirildi

Sankt-Peterburgda migrantlar emlanadigan punktlar ko‘paytirildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xorijliklarni koronavirusga qarshi emlaydigan 40 taga yaqin punktlar ochildi. Bu haqda shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar bermoqda.
Yangilangan ro‘yxatga ko‘ra, shaharda migrantlar 39 ta emlash punktlarida emlanishlari mumkin. Ularning aksariyatida xususiy tibbiyot klinikasida ochilgan va mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan 21:00 gacha dushanba kunidan juma kunigacha ishlaydi. 15 ta punkt xohlovchilarni har kuni qabul qilishga tayyor.
Bu klinikalarda “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanish xorijliklarga 1,1 ming rubldan 5 ming rublgacha tushishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!