Sambochilarimiz 6 ta medalga ega chiqdi

Sambochilarimiz 6 ta medalga ega chiqdi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida III Butunjahon jang san’ati o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning sambo bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida sambochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sambo bahslarida vazni 79 kilogrammgacha bo‘lgan Furqat Ro‘ziyev va 59 kilogramm vazndagi Ibodatxon Agojonova delegasiyamizga oltin medal keltirdi.

Finalga qadar o‘tkazilgan bahslarla zafar quchgan Dilshodbek Yo‘ldoshev, Muhammadali Sa’dullayev va Begoyim Hayitova kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Gulsevar O‘roqova o‘z vaznida bronza medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, bugun 21 oktyabr kuni musobaqa doirasida mikst bahslar o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!