Samarqandlik erkak o‘z xotinini chuv tushirdi

Samarqandlik erkak o‘z xotinini chuv tushirdi

Samarqand viloyati. 2021 yilning 20 yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U., ariza bilan murojaat qilib, unda o‘zining shar’iy turmush o‘rtog‘i 43 yoshli Sherali U., uning ishonchiga kirib, 2012 yil 21 avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U., ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib, undan xonadon uchun 2013 yildan 2017 yilning dekabr oyiga qadar 35.000 AQSh dollari pullarni olib, keyinchalik xonadon uchun kredit to‘lovlari to‘liq so‘ndirilib, uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!