Samarqandda yo‘lovchini o‘ldirib, juftakni rostlagan erkak qo‘lga tushdi

Samarqandda yo‘lovchini o‘ldirib, juftakni rostlagan erkak qo‘lga tushdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida shu yil 17 mart kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi yo‘lida haydab ketayotib, piyoda B.X.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, B.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Jomboy tumani Xitoybola qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.B. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!