Samarqandda Nexia-3 YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Samarqandda Nexia-3 YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, 2024 yil 15 iyun kuni soat 12:10 larda Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lida Nexia-3 haydovchisi “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan ISUZU yuk avtomashinasining orqa tomonidan kelib urilgan.

YTH oqibatda, Nexia-3’ning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida, avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi esa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!