"Erkak" bokschiga yutqazgan Sitora Turdibekovaga 100 ming dollar beriladi

"Erkak" bokschiga yutqazgan Sitora Turdibekovaga 100 ming dollar beriladi

Fransiya poytaxtida o‘tkazilayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) tekshiruvlariga ko‘ra "erkak" deb topilgan Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Linga imkoniyatni boy berdi.

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) testosteron miqdori ko‘pligi bois jazoirlik Imane Xelif va Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Linni so‘nggi jahon chempionatida ishtirokiga ruxsat bermagan edi.

Qayd etish kerakki, IBA prezidenti Umar Kremlev mazkur holatni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi uchun sharmandalik ekanligini bildirib, erkak bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilgan ayol bokschilar IBA tomonidan 100 ming AQSh dollari bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!