Sadir Japarov: "Rossiya — Qirg‘izistonning abadiy do‘sti"

Sadir Japarov: "Rossiya — Qirg‘izistonning abadiy do‘sti"

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Moskva. Kreml. Putin» dasturida Rossiyani mamlakatning abadiy ittifoqchisi va sherigi deb atadi.

Japarovning ta’kidlashicha, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda tomonlar Qirg‘izistonni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.

“Rossiya uchun, Vladimir Vladimirovich Putin uchun Qirg‘iziston taqdiri befarq emas. Biz abadiy ittifoqchilar va savdo-iqtisodiy sheriklarmiz. Umuman olganda, men uchrashuvimiz natijalaridan juda mamnun bo‘ldim", dedi u "Rossiya 1" telekanali efirida.

Japarov va Putin o‘rtasidagi muzokaralar Rossiyada 24 may kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qildilar. Keyin Rossiya rahbari Moskva Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi keskin muammolarni hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.

Bundan tashqari, Putin Qirg‘izistonni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashda davom etish niyati borligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!