Rossiyaliklar "buyuk" davlatdan ko‘ra ko‘proq "farovon" davlatda yashashni istaydi

Rossiyaliklar "buyuk" davlatdan ko‘ra ko‘proq "farovon" davlatda yashashni istaydi

Sosiologlar 2014 yildan (Qrim qo‘shib olinganidan) beri ilk bor rossiyaliklar "buyuk davlatchilik" g‘oyasidan ko‘ra farovon va adolatli davlatga ko‘proq ehtiyoj sezayotganliklarini qayd etdi. Jamoatchilik fikridagi bu o‘zgarishni Rossiya Fanlar akademiyasi Sosiologiya instituti o‘tkazgan so‘rovlar qayd etgan, deb xabar berdi "turon24" agentligi.

So‘rovga ko‘ra, rossiyaliklar orasida farovonlikka bo‘lgan talab 47 foizdan 59 foizga o‘sgan. Bu 2014 yildagi Qrim voqealaridan so‘ng rossiyaliklar ongidagi ilk o‘zgarish. Shu tariqa ijtimoiy farovonlik Rossiya kelajagini belgilovchi qadriyatlar tizimida birinchi o‘rinni band etdi.

Agar 2014 yilda Qrimni Rossiyaga qo‘shib olinishi natijasida “buyuk davlatchilik” kayfiyatlarini 67 foiz rossiyaliklar yoqlagan bo‘lsa, oradan to‘rt yil o‘tib bu ko‘rsatkich ilk bor 49 foizga tushdi.

51 foiz rossiyaliklar “Rossiya birinchi navbatda o‘z fuqarolari haqida qayg‘urishi” lozim deb hisoblaydi.

2014 yilda rossiyaliklar ongida birinchi darajali bo‘lgan “buyuk davlatchilik va harbiy qudrat” kayfiyatlari 2018 yilda ikkinchi darajali qadriyat sifatida qayd etilgan.

Ajablanarlisi, 2014 yildan buyon rossiyaliklar birinchi marta demokratiya qadriyatlariga ehtiyojlari ortganligini bildirishgan.

Sosiologlar demokratik qadriyatlarni yoqlagan rossiyaliklar 27 foizdan (2014) 37 foizga (2018) o‘sganligini qayd etishdi.

Inson huquqlari, demokratiya, shaxsning o‘zini namoyon etish erkinligi rossiyaliklar tomonidan ifodalangan qadriyatlar tizimida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Sosiologiya instituti qoshidagi ilmiy-tekshirish markazi rahbari Vladimir Petuxov aholi ongidagi qadriyatlarning o‘zgarishiga futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi va nafaqa islohotlarini asosiy sabablar sifatida ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!