Rossiyalik milliarderlar hammadan tez boyib ketmoqda

Rossiyalik milliarderlar hammadan tez boyib ketmoqda

Rossiyalik milliarderlar dunyoda hammadan tez o‘z boyligini oshirib bormoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

So‘nggi 12 oy mobaynida rossiyalik o‘n nafar eng boy shaxs o‘z daromadini o‘rtacha 10,8 foizga oshirdi. Keyingi o‘rinda 7,5 foiz qo‘shimcha pul ishlab olgan amerikaliklar bormoqda. Bu davr mobaynida britaniyalik eng boy o‘n odamning boyligi 3,4 foizga oshdi.

Rossiyalik milliarderlar muvaffaqiyati neft narxlarining keskin oshishi bilan bog‘liq. «Novatek» egalaridan biri Leonid Mixelson (yiliga qo‘shimcha 4,3 milliard dollar). «Novatek» shirkatining boshqa bir aksiyadori Gennadiy Timchenko (4 milliard dollar) va «Lukoyl» egasi Vagit Alekperovning (3,5 milliard) boyligi eng tez o‘sishni ko‘rsatdi. 

Eng yomon natijani Xitoy qayd etdi, bu yerda eng badavlat 10 kishining boyligi o‘rtacha 27 foizga kamaygan. Asosiy sabab sifatida kompaniyalar aktivlarining sotilishi ko‘rsatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!