Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin

Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin

Rossiyada rus tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikati haqiqiy emas, deb topilgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta”ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasini Leonid Sluskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) vakillari kiritgan. Agar migrantning vataniga ketishi uchun mablag‘i bo‘lmasa, u o‘z mamlakatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi hisobidan deportasiya qilinadi.

“Bizga faqat talab yuqori bo‘lgan, tilimiz va mamlakatimiz tarixini o‘rganishga harakat qilgan mutaxassislar kelishi lozim. Rossiyaga aldov yo‘li bilan kelib, jinoyatchilik bilan shug‘ullanayotgan va o‘ziga hujjatlar sotib olganlar byudjetimizga zarar yetkazmasdan zudlik bilan deportasiya qilinsin”, dedi Sluskiy.

“Bizga faqat madaniy muhitga qo‘shilishga tayyor odamlar kelishi kerak. Bunda til ham asosiy rol o‘ynaydi. Bizga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, lekin qadriyatlarni, an’analarni tushunadigan, rus tilini o‘rganishga va mamlakatimiz tarixini bilishga tayyor mutaxassislar kerak.

Migrantlarning farzandlari til bilmay maktabga qanday borishini ko‘ryapmiz, chunki ularning ota-onalari Rossiyaga aldov yo‘li bilan kirib, yarim qonuniy faoliyat olib bormoqda yoki mamlakatda qolish uchun hujjat sotib olgan. Ularni, albatta, deportasiya qilish kerak. Ushbu migrasiyaning kulrang kanalini, shu jumladan, qonunchilik yo‘li bilan ham berkitish kerak”, deydi LDP deputati Vladimir Sipyagin.

“Til sertifikati — bu mamlakatimizda ishchi kuchi sifatida qonuniy bo‘lish uchun zarur shartdir. So‘nggi paytlarda mehnat migrantlariga sertifikat berish maqsadida rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federasiyasi qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlarni soxta qabul qilish holatlari qayd etilmoqda. Bu yerda migrantlarni chiqarib yuborish emas, aynan sertifikat beruvchi institutlar ustidan nazoratni kuchaytirish kerak”, degan LDP deputati Jamaladin Gasanov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!