Rossiyada o‘zbekistonliklarning 50 million so‘m ish haqi undirib berildi

Rossiyada o‘zbekistonliklarning 50 million so‘m ish haqi undirib berildi

Rossiyada o‘zbekistonliklarning qariyb 50 million so‘m ishlagan puli berilmadi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vaziyatga oydinlik kiritdi.

Rossiyada qariyb 50 million so‘m maoshini ololmayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqi undirib berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Agentlikning Yekaterinburg shahridagi vakili aralashuvi bilan Chelyabinskda joylashgan qurilish korxonasida ishlab kelayotgan yurtdoshlarning ish beruvchi tomonidan berilmayotgan 340 ming rubl (salkam 50 mln so‘m) oylik maoshi undirib berildi.

«Biz uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qurilish firmasida oylik maoshimizni ololmaganimiz sababli Yekaterinburg shahridagi migrasiya agentlariga murojaat qilgandik. Ular o‘rganib, ish haqimizni undirib berdi», deydi fuqaro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!