Shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

Shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 15 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Bibisora Turobova 1952 yil 1 sentyabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Hatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha ta’lim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagogika institutida ta’lim olgan.

1990 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan.

O‘nga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, “Kelin salom” va “Men izlagan quvonch” she’riy kitoblari katta e’tibor topdi.

Uning 2011 yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!