Rossiyada Tobol daryosidagi suv sathi 11 metrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Rossiyada Tobol daryosidagi suv sathi 11 metrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Rossiya Federasiyasining Kurgansk viloyati gubernatori Vadim Shumkov Tobol daryosidagi suv sathi 11 metrgacha ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

Mahalliy ma’muriyat tomonidan yaratilgan onlayn xarita ma’lumotlariga ko‘ra, bir kecha-kunduzda Kurganskdagi o‘lchash stansiyasida Tobol daryosidagi suv sathi 24 sm ga ko‘tarilib, 970 sm ga yetgan.

Rossiya Federasiyasining Kurgansk viloyatida Tobol daryosida suvning ko‘tarilishi tufayli 669 ta turar joy va 2376 ta qishloq uylari suv ostida qolgan, 25 ta aholi punkti elektr ta’minotidan uzilgan. Rasmiylar Tobol tekisligidagi barcha aholi punktlari aholisini, jumladan, viloyat ma’muriy markazi Kurgan shahri aholisini ham evakuasiya qilishga chaqirmoqda.

Avvalroq viloyat gubernatori Vadim Shumkov hududda “juda og‘ir vaziyat” prognoz qilinganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!