Rossiyada ish tashlash e’lon qilgan o‘zbeklarga yordam qo‘li cho‘zildi

Rossiyada ish tashlash e’lon qilgan o‘zbeklarga yordam qo‘li cho‘zildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyalardan birida ishlaydigan migrantlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining ish tashlashda ishtirok etganlari to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi.

Shu munosabat bilan 2020 yil 28 yanvar kuni Bosh konsulxonada ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, voqea 27 yanvar kuni mehnatga haq to‘lash shartlari noto‘g‘ri sharhlangani sababli kelib chiqqan. Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvarga qadar ishga kirgan chet el fuqarolariga 11 oy ishlaganlaridan so‘ng bir oylik ish haqi miqdorida mukofot puli to‘lab beriladi. Ish hajmining kamayishi munosabati bilan mehnat shartnomasini 2020-yil 1-yanvardan keyin imzolagan ishchilarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

28 yanvar kuni kompaniya vakillari brigada va bo‘linmalar rahbarlari bilan uchrashib vaziyatni tushuntirishgan. Nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar o‘z vazifalariga qaytgan.

Konsullik huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!