Rossiyada 100 ga yaqin jurnalistda koronavirus aniqlandi

Rossiyada 100 ga yaqin jurnalistda koronavirus aniqlandi

Aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirining o‘rinbosari Aleksey Volinning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar ham xavf ostida. «Bizdagi xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda yuzga yaqin jurnalistlarga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan. Afsuski, yaqinda Moskvada jurnalistlardan biri vafot etdi, - dedi vazir o‘rinbosari.

OAVning 500 ga yaqin xodimi karantinda.

Avvalroq, Aloqa vazirligi rahbarining o‘rinbosari 2020 yilda koronavirus tufayli media sektorining yo‘qotishini 100 milliard rublga baholagan edi. Aleksey Volinning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar soni o‘sib bormoqda, ammo ommaviy axborot vositalari daromadlari pasaymoqda va reklama byudjetlari ham sezilarli darajada kamaymoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 52 mingdan ortiq odamga koronavirus  yuqqan, 400 dan ortiq kishi vafot etdi, mart oyining oxiridan boshlab aksariyat mintaqalarda o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimi joriy etildi. Butun aprel Rossiyada ta’til deb e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!