Rossiya vakili Polshadan uzr so‘rashini talab qildi

Rossiya vakili Polshadan uzr so‘rashini talab qildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Polsha prezidenti Anjey Dudaning raketa qulashi “baxtsiz hodisa” bo‘lgani haqidagi bayonotidan so‘ng, Varshava RF elchisiga tungi qo‘ng‘iroq uchun uzr so‘rashni istamaydimi, degan murojaat bilan chiqdi.

“Polsha prezidenti raketa qulashini “baxtsiz hodisa” deb atadi. Kecha biz Polsha rasmiylari va siyosatchilarining xarxashasini tingladik. Rossiyaga qarshi hamla qilgan va yarim tunda elchi Andreevni chaqirgan Polsha idoralari kechirim so‘ramoqchi emasmi?”, - deb yozdi Zaxarova Telegram kanalida.

Polsha ommaviy axborot vositalari 15 noyabr kuni kechqurun Polsha hududiga ikkita raketa tushgani haqida xabar berishdi. Ukraina bilan chegaradagi Lyublin voyevodligida ikki kishi halok bo‘ldi. Respublika Tashqi ishlar vazirligi Polshaga qulagan raketa Rossiyada ishlab chiqarilganligini aytib chiqdi. 16 noyabrga o‘tar kechasi Polsha TIV Rossiya elchisi Sergey Andreev vazirlikka chaqirilganini ma’lum qildi. TIV matbuot kotibi Lukash Yasinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya elchisi “vazir Zbignev Rau tomonidan qabul qilingan va bu hech qanday xushmuomalalik va hatto qo‘l siqishlarsiz juda qisqa suhbat bo‘lgan”.

16 noyabr kuni tushdan keyin Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakat hududiga qulagan raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga tegishli bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanligini aytdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina-Polsha davlat chegarasi yaqinidagi nishonlarga zarbalar berilmagan va ba’zi e’lon qilingan parchalar suratlarining Rossiya qurollariga aloqasi yo‘q. Polsha ommaviy axborot vositalarining Rossiya raketalari qulagani haqidagi barcha bayonotlari vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokasiya ekani urg‘ulandi.

Harbiy ekspert Aleksey Leonkovning RIA Novostiga aytishicha, Rossiyaning qanotli raketalari Polsha hududiga tushishi mumkin emas, biroq Ukrainaning kutilmaganda ishga tushgan S-300 raketalari u yerga yetishi mumkin.

Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.

AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan bu Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!