Rossiya va Ukraina urushi tugashining asosiy shartlari aytildi

Rossiya va Ukraina urushi tugashining asosiy shartlari aytildi

NATOning Ukrainaga a’zolik berishdan bosh tortishi Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik o‘rnatishning asosiy shartlaridan biridir. Bu haqda taniqli amerikalik iqtisodchi, Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks aytib o‘tdi.

Boshqa muhim shartlar qatorida u Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish, shuningdek, demilitarizasiya va Qrim hamda Donbass bo‘yicha pragmatik bitimlar tuzishni ham aytib o‘tdi.

«Bunday kelishuvning kafillari BMT Xavfsizlik Kengashi va Rossiya hamda Ukrainaga do‘st bo‘lgan neytral davlatlar guruhi, masalan, Hindiston, Braziliya, Argentina va boshqalar bo‘lishi kerak», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!