Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zona chegaralarini belgiladi

Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zona chegaralarini belgiladi

Turkiya va rossiyalik harbiylar 19—21 sentyabr kunlari Anqaradagi uchrashuvda Suriyaning Idlib viloyatidagi qurolsizlantirilgan zona chegaralarini belgilab oldi. Bu haqda 21 sentyabr Turkiya Mudofaa vazirligi xabar qildi, deb yozadi «RIA Novosti».«Turkiya Mudofaa vazirligida 19—21 sentyabr kunlari Sochi kelishuvini amalga oshirishga daxldor asosiy masalalar bo‘yicha Rossiya delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Suriyaning Idlib viloyatida geografik tuzilish va aholi punktlarining joylashuvi hisobga olinib, qurolsizlantirilgan zona chegaralari belgilandi. Kelishuvni amalga oshirish rejalashtirilgan rejimda davom etmoqda», — deyiladi boshqarma bayonotida.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!