Rossiya kosmonavtlari 2031 yilda Oyga qo‘nishi mumkin

Rossiya kosmonavtlari 2031 yilda Oyga qo‘nishi mumkin

Rossiyaning birinchi boshqariladigan ekpedisiyasi 2031 yilda Oyga jo‘naydi, shundan so‘ng bu kabi parvozlar har yili amalga oshiriladi. Bu haqda Roskosmos bosh ilmiy instituti hujjatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Missiya maqsadi: Oyga birinchi ekipajni yetkazish , deyiladi 2031 yilga qilingan rejada.

2032 yilda Oyga lunomobil hamda ikkinchi ekspedisiya ekipajini yetkazib berish belgilangan. Ularga Oy sathida harakatlanish vositalarini sinovdan o‘tkazish topshiriladi.

2034 yilda Oy bazasi qurilishi boshlanishi, 2035 yilda esa qurilish ishlarini davom ettirish belgilangan.

Boshqariladigan ekspedisiyalar oldidan 2028 2029 yillarda ikkita sinov parvozlari amalga oshiriladi. Bunda boshqariladigan kema yordamida Oy atrofi aylanib chiqiladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!