Ronaldu Ramazon oyida falastinliklarga 1,5 mln dollar xayriya qildi

Ronaldu Ramazon oyida falastinliklarga 1,5 mln dollar xayriya qildi

Mashhur potrtugaliyalik futbolchi, Italiyaning Yuventus klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu falastinliklarga 1.5 million dollar xayriya qildi. Bu haqda Sputnik Turkiya xabar qildi.

Qayd etilishicha, Ronaldu Ramazon oyi munosabati bilan Falastinda iftorlik dasturxoni yozilishi uchun mazkur ezgu ishga qo‘l urgan.

Ta’kidlash joizki, mashhur futbolchi 2014 yilda ham Ro‘za bayramini nishonlash uchun 2 million dollar hadya etgandi.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilgani haqida xabar qilingan edi. France Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ronalduning yillik daromadi 113 million yevroni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!