Respublikada ajrimlar soni 11,6 foizga kamaydi

Respublikada ajrimlar soni 11,6 foizga kamaydi

2024 yil 6 oyida Respublika bo‘yicha 22 467 ta oilaviy ajrim qayd etilib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayishga erishildi.

AOKAda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi:

⚡️ Qayd etilishicha, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida 6 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni va 2 ta qarori hamda Hukumatning 2 ta qarori) qabul qilindi.

⚡️ 127 274 nafar xotin-qizlar, shundan, 89128 nafari kasb-hunarga, 38146 nafari tadbirkorlikka o‘qitildi.

⚡️138 486 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga, shuningdek, hududiy va tarmoq investisiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 40 520 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

⚡️ 13 131 nafar xotin-qizlarga bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratildi.

⚡️ Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan yanvar-iyun oylarida 74 420 nafar xotin-qizlarga 1 trln. 230 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.

⚡️Oliy ta’limning talabalari orasida xotin-qizlarning ulushi 50,1 foizga yetdi. Xotin-qizlarning oliy ta’limni olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlarida ularga ko‘maklashish maqsadida ehtiyojmand oilalarning 18 481 nafar, kamida besh yil mehnat stajiga ega oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, 4 587 nafar xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

⚡️ O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi bilan birgalikda “Ayollar daftari” ga kiritilgan 1 mln. 237 nafari ehtiyojmand xotin-qizlarning 638 594 nafariga yordam ko‘rsatildi.

⚡️Profilaktik hisobda turgan 39 089 nafar xotin-qizlardan
12 535 nafariga ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish orqali hisobdan chiqarildi.

⚡️Sud jarayonlarida oila va xotin-qizlar bo‘limlari kafilligi asosida 29 nafar xotin-qizlar javobgarlikdan ozod etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!